avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

Биз катта йўлдамиз

Маънавият
Маданият ва маърифат
 Ислом Каримов… Халқимизнинг онгу шууридан, қалбидан мустаҳкам жой олган бу номни эшитганимизда кўз ўнгимизда беихтиёр мустақиллигимизнинг ташаббускори, асосчиси-ю, меъмори, Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти, халқаро ҳамжамиятда тинчлик, дўстлик, ҳамкорлик ва тараққиёт байроқдори сифатида шуҳрат қозонган, буюк давлат арбоби, биз ёшларнинг меҳрибон ва ғамхўри намоён бўлади. 

Йиллар ва йўллар

Toshkent Moliya Instituti
 
Бугун жонажон Ўзбекистонимиз ўзининг чорак асрлик тўйини нишинлаш арафасида турган бир пайтда қайси бир юртдошимиз билан суҳбатлашманг, у энг аввало, бундан 25 йил бурун Республикамиз ва унинг халқи қандай аҳволда бўлганлигидан сўз бошлайди. Бу бежиз эмас. Чиндан ҳам бугун бизнинг ҳар биримиз ғурур билан мустақиллик ва унинг бизга берган

Бўйгинагдан ўргилай, Истиқлолим!

Toshkent Moliya Instituti
 
          Қаранг! Кечагина  дунёга келган Истиқлолимиз кўз юмиб-очгунча йигирма беш ёшга тўлибди. Эшитаяпсизми, йигирма беш ёшга. Ҳа, йигирма беш ёшга! Ўзим ҳам унинг бўй-бастига боқиб, лол бўлиб ўтирибман. Нега лол бўлмай? Ахир, бундай алп қоматни, бундай ҳусни-жамолни ҳатто тушимда ҳам

Inson qadri ulug’ – aziz, xotirasi muqaddas

 
2016 yil 11may kuni Toshkent moliya institutidaMoliya-iqtisod fakulteti va “O’zbek va rus tillari” kafedrasi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Bizga tinchlik kerak, omonlik kerak!” shiori ostida “Inson qadri ulug’ – aziz, xotirasi muqaddas” mavzusida tadbir o’tkazildi.
  

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

2016-yil 7-may kuni institutda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B.Begalov, barcha prorektorlar, Kasaba uyushmasi raisi Z.Yuldashev, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i O‘.Narbayev, institut faxriy professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
  

Тошкент молия институтида Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида “Эртанги кун бизники, марра бизники” шиори остида илмий маърузалар танловининг Республика босқичи бўлиб ўтди.

Toshkent Moliya Instituti
 
Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги қонуни ва Кадрлар тайёрлаш миллий дастури ҳамда республикада амалга оширилаётган бунёдкорлик ишларига ёшларни кенг жалб этиш, уларнинг иқтидори, илмий салоҳияти ва истеъдодидан унумли фойдаланиш, замонавий техника ва технологияларга бўлган қизиқишларини ошириш ҳамда қўллаб

Toshkent moliya institutiga Sindzyan agrar universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

 Fan va ta’lim bo’yicha O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi hamkorlik doirasida Toshkent moliya institutiga Sindzyan agrar universiteti rektori Lo Chuidjan boshchiligidagi delegatsiya – Uyg’ur avtonom regioni Ta’lim boshqarmasi direktori o’rinbosari Vang Li Li, Sindzyan agrar universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Ayniver Ayshan, Savdo-iqtisod fakulteti dekani Li Veychoylar tashrif buyurdi.
       

“Одам савдоси-ҳудуд, чегара, миллат танламайдиган мудҳиш жиноятдир” мавзусидаги маърифий учрашув ўтказилди.

 
 
 
2016 йил 25 апрель куни Тошкент молия институти профессор-ўқитувчилари ва талаба-ёшлари ўртасида турли ёт ғоялар ва таҳдидларга қарши курашиш, мафкуравий иммунитетни шакллантириш мақсадида “Одам савдоси-ҳудуд, чегара, миллат танламайдиган мудҳиш жиноятдир” мавзусидаги маърифий учрашув ўтказилди. Тадбирда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Маънавий-аҳлоқий тарбия бошқармаси бошлиғи, М.Комилов, Республика маънавият тарғибот маркази бўлим мудири, З.Ғаффарова, Тошкент шаҳар ИИББ хорижга чиқиш, келиш ва фуқароларни расмийлаштириш бошқармаси катта инспектори М.Розиқов, Тошкент молия институти ректори Б.Бегалов, “Маънавият ва маърифат” бўлими бошлиғи Ў.Нарбаев, Кредит-иқтисод факультети декани Н.Обломуродов, Кредит-иқтисод факультети декан муовини

Moliya kafedrasi haftaligi doirasida “Milliy teleseriallarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 
Bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma’anaviyatli, mustaqil fikrlay oladigan, har sohada zamonaviy kasb-hunar sirlarini egallagan, intellektual rivojlangan, jismonan sog‘lom, barkamol yoshlarni tarbiyalash, borasida qator samarali ishlar olib borilmoqda, chunki XI asr globallashuv jarayonlar va mentalitetimizga yod turli xil mafkuraviy xurujlar avj olgan bir davrda mazkur yo‘nalishga e’tibor qaratishni davrning o‘zi talab qilmoqda. Hukumatimiz tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosati” Davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, undagi vazifalardan kelib chiqqan holda ko‘plab amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, 2016 yil 16 aprel kuni Toshkent moliya institutida “Milliy teleseriallarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni

Bank muassasalarida talabalarning malakaviy amaliyoti tashkil etilmoqda

 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablaridan kelib chiqan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oily ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyot haqidagi Nizom” asosida 2016-yil 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bosh ofisida Toshkent moliya instituti “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining bank muassasalarida malakaviy amaliyotni tashkil etishga oid seminar bo‘lib o‘tdi.
           

“Sohibqiron Amir Temur va temuriylar saltanati qoldirgan abadiy meros”

 2016-yil 11-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Moliyaviy tahlil” kafedrasi tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlab, “Sohibqiron Amir Temur va temuriylar saltanati qoldirgan abadiy meros” mavzusidagi ma’naviy- ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
  Tadbirda tarix

Toshkent moliya institutida taniqli so’z ustasi, qiziqchi va aktyor Avaz Ohun ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 
Malumki, yuksak ma’naviyatli va barkamol avlodni kamol toptirishda badiiy ijod, san’at va madaniyatning o’rni nihoyatda beqiyos sanaladi. Shu munosabat bilan, joriy 2016 yilning 5 aprel kuni “Byudjet hisobi va davlat jamg’armalari” fakultetining “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tashabbuskorligida “Kafedra xaftaligi” tadbirlari hamda fakultetning “Ma’naviyat va ma’rifat saboqlari” o’quv mashg’ulotlari doirasida institutning 1-ma’ruzalar zalida taniqli so’z ustasi, qiziqchi va aktyor Avaz Ohun ishtirokida “Badiiy ijod, san’at va madaniyatning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi o’rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 

“Ta’lim va mutaxassislik” ko`rgazmasida Toshkent moliya institutining ishtiroki.

 
2016-yil 31-mart, 2-aprel kunlari Toshkent shahrida Yoshlar ijodiyot markazida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, O`rta maxsus ta’lim vazirligi, O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolat” yoshlar ijtimoiy-harakati Markaziy Kengashining “Ta’lim va mutaxassislik” ko`rgazmasi tashkil etildi.
    

Moliyaviy menejment fakultetida “Balli qizlar!” ko’rik tanlovi.

 
2016-yil 5-aprelda Toshkent moliya instituti Ma’naviy-ma’rifiy bo`limi, “Kamolot” YoIH boshlang`ich tashkiloti, Moliyaviy menejment fakulteti dekanati, institut Xotin-qizlar kengashi, “Moliyachi” gazetasi boshchiligida 2016 – yil “Sog`lom ona va bola” yiliga bag`ishlab Moliyaviy menejment fakulteti talaba qizlari o`rtasida “Balli qizlar!” ko’rik tanlovi o`tkazdi.
Ko`rik tanlovda MKT(M) -80 guruh talabasi Fatxullayeva Shoxsanam, M-50 guruh talabasi Sobirova Oysulton, M-01 guruh talabasi Alimjanova Oydin, M-61 guruh talabasi Arziyeva Muhayo 4 shart bo`yicha bellashdilar. Hamma shartlar bo`yicha talaba qizlarimiz a’lo darajada o`zlarini ko`rsatib berishdi.
     

Erazmus+ dasturi doirasida “O’zbekistonda yagona doktorlik darajasini amaliyotga tatbiq etish: tadqiqot natijalari, ilmiy ish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash” mavzusida davra suhbati

 
5 aprel kuni Toshkent moliya institutida Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida “O’zbekistonda yagona doktorlik darajasini amaliyotga tatbiq etish: tadqiqot natijalari, ilmiy ish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash” mavzusida davra suhbati va seminar bo’lib o’tdi. Seminarni Buyuk Britaniyaning

Toshkent moliya institutida “Korporativ moliyani boshqarishning zamonaviy usullari: qo`llanilish va rivojlantirish masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi

 
Konferensiya O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlamatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, 2015-yil 24-apreldagi PF-4720 sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni hamda 2015-yil 21-dekabrdagi 2454-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi.
 Konferensiya ishida manfaatdor vazirlik hamda idoralar, real sektor

“Navro`zing muborak, hur O`zbekiston!”

 “Navro`z” – umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent moliya instituti tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Olmazor tuman hamda “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimliklari hamkorligida “Navro`zing muborak, hur O`zbekiston!” teatrlashtirilgan katta bayram sayli, “Bayram oshi” va “Sumalak taomi” bayram dasturxoni tashkil etildi.

Toshkent moliya institutida “Soliq bilimdonlari” respublika ko`rik-tanlovining saralash bosqichi bo`lib o`tdi

 
Joriy yilning 25-mart kuni 1 ma’ruzalar zalida “Soliq bilimdonlari” respublika ko`rik-tanlovining saralash bosqichi tashkil etildi.
 
Ushbu ko`rik-tanlovni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektor F.Muhamedov kirish so`zi bilan ochib, ishtirok etayotgan barcha jamoa a’zolariga omad tiladi.
“Soliq bilimdonlari” respublika ko`rik-tanlovining saralash bosqichida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Ijodkor” jamoasi, Toshkent Davlat stomatologiya institutining “Ibn Sino izdoshlari” jamoasi hamda Toshkent moliya instiutining  “O`zbekiston yoshlari” jamoalari 4 ta shart bo`yicha bellashdi.
  

TMIda Toshkent shahridagi INHA universitetida “Kafolat” sug`urta kompaniyasi “Sug`urta sohasi uchun mobil ilovalar yaratish” tanlovi g`oliblari ishtirokidagi davra suhbati o`tkazildi.

 
Toshkent Moliya instituti Axborot Resurs markazi o`quv zalida 2016-yil 25-mart kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi INHA universitetida “Kafolat sug`urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sug`urta sohasi uchun mobil ilovalar yaratish” tanlovi g`oliblari ishtirokidagi davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatini Toshkent moliya akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor X.Shennnayev ochib berdi.
So`ng “Kafolat”sug`urta kompaniyasining Sug`urta xizmatlarini rivojlantirish va tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti bosh menedjeri Sharobiddinov Akrom Goipbayevich “Kafolat” sug`urta kompaniyasining faoliyat yo`nalishlari: zamonaviy holat va istiqboli” mavzusida