avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

Iqtisodchi-pedagog kadrlar malakasini oshirishning ustuvor vazifalari

 
Konferensiyaga oliy o`quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining professor-o`qituvchilari, shuningdek, moliya-kredit va pedagogika sohasidagi mutaxassislar, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar taklif etildi.
 
Konferensiya doirasida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun iqtisodchi-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning o`ziga xos jihatlari, ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish, modul tizimini joriy etishning dolzarb masalalari, buxgalteriya hisobi va audit, moliya va bank ishi yo`nalishidagi iqtisodchi-pedagoglarga qo`yilayotgan talablar, moliya va kredit, buxgalteriya hisobi va audit sohasining dolzarb masalalari bo`yicha

“Bakalavriat ta’lim yo`nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`quv reja va dasturlarni xalqaro tajriba asosida takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 
2016-yil 24-mart kuni Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetida Waseda Universiteti (Yaponiya) professori T.Kitamura ishtirokida “Bakalavriat ta’lim yo`nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`quv reja va dasturlarni xalqaro tajriba asosida takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 
Bugungi kunda bakalavriat ta’lim yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o`quv rejalari va dasturlarni eng rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
      
 

2016-yil 19-mart kuni Tayanch oliy ta’lim muassasasi Toshkent moliya institutida turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda seminar o`tkazildi.

2016-yil 19-mart kuni tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida Toshkent moliya institutida turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari o`quv rejalari hamda fan dasturlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida takomillashtirish masalalari” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi.
 
Seminarni institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektori Xo`jayor Shennayev kirish so`zi bilan ochdi va boshqarib bordi.
   

Mirzo Ulug`bek nomidagi istirohat bog`ida NavrUZ aksiyasi tashkil etildi.

 
2016-yil 21-mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug`bek nomidagi istirohat bog`ida 21-mart “Navro`z” umumxalq bayramini yuqori kayfiyatda nishonlash uchun Toshkent moliya institutida tahsil olayotgan faol talaba-yoshlar, Mirzo Ulug`bek tumani “Madaniyat va sport ishlari” bo`limining mas’ul xodimlari,  Milliy estrada xonandalari, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan aktyor Elyor Nosirov, institutning “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoa a’zolari, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi K.Mahmudov hamda fakultet sardorlari faol ishtiok etishdi.
   

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o`rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko`kir-tanlovining saralash bosqichi bo`lib o`tdi.

 Joriy yilning 19-mart kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining madaniyat saroyida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari qoshida faoliyat olib borayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari o`rtasida saralash bosqichi bo`lib o`tdi.
“Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari o`rtasida saralash bosqichida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “FM” jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universitetining “A’lo +” jamoasi, Toshkent davlat texnika universitetning “Shosh” jamoasi hamda Toshkent moliya institutining “Moliyachi” terma jamoasi faol ishtirok etishdi.
 

Zulfiyaxonim tavalludining 101-yilligi munosabati bilan o`tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbir

 Toshkent moliya institutida Byudjet hisobi va davlat jamg`armalari fakulteti tomonidan xalqimizning ulug` shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 101-yilligi munosabati bilan “Millat e’zozlagan o`zbekoyimlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbir bo`lib o`tdi.
 Tadbirni Toshkent moliya instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektori Farhod Muhamedov ochib berdi.
   

Toshkent moliya institutida FIFA referisi Ravshan Ermatovga o’zining haykalini sovg’a qilishdi

2016-yil 15-mart kuni Toshkent moliya institutida “FUTBOL-MILLIONLAR O‘YINI” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga FIFA referisi, Xalqaro toifadagi hakam Ravshan Ermatov va taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzaevlar tashrif buyurishdi. Tadbirda Ravshan Ermatov FIFA referisi bo’lguniga qadar bosib o’tilgan mashaqqatli yo’l haqida, futbol bo’yicha jahon chempionatlarida hakamlardagi ruhiy holat va bosim, bo’lib o’tgan qiziqarli voqealar haqida talabalarga gapirib berdi.
   
 
 

8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari holidan xabar olindi.

Hisob va audit fakulteti dеkanati hamda talaba-yoshlar tomonidan vatanimiz sarhadlarini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari holidan xabar olish maqsadida 8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Zavodskoy Mixail

“Yoshlarda diniy ekstremizm, terrorizm va giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish”

 
2016-yilning 10-mart kuni Toshkent moliya institutida “Yoshlarda diniy ekstremizm, terrorizm va giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri A.Vahabov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Sh.Abdurasulov, Rus provaslav cherkovi diniy seminariy o‘qituvchisi O.Shkovorodyuk, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy va ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig`i M.Komilov, Toshkent moliya instituti rektori O.Ortiqov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ishlar bo</span

Buyuk Britaniyalik professor tomonidan “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini qo’llash masalalari” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi

2016 yil 4 mart kuni Toshkent moliya institutida Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Bat universiteti professori Ayan Krauford tomonidan “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini qo’llash masalalari” mavzusida seminar-terining bo’lib o’tdi.
  

“O`zbekiston nomoddiy madaniy merosining yoshlar tarbiyasidagi o`rni” mavzusida ilmiy amaliy seminar bo`lib o`tdi

Joriy yilning 1-mart kuni O`zbekiston san’at va madaniyat instituti, Toshkent moliya isntituti va “Kamolot” YoIH institut boshlang`ich tashkiloti hamkorligida “O`zbekiston nomoddiy madaniy merosining yoshlar tarbiyasidagi o`rni” mavzusida ilmiy amaliy seminar tashkil etildi.
  

Toshkent moliya institutida fakultetlararo “Tafakkur sinovlari” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi

 
Toshkent moliya instituti fakultetlararo “Tafakkur sinovlari” ko`rik-tanlovi O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015-yil 10-dekabrdagi 65-son bayoni “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 5-bandi ijrosini ta’minlash va yoshlarni bo`sh vaqtini samarali o`tkazish maqsadida tashkil etildi.
  

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlangan “Xotirasi barhayot siymo” mavzusidagi adabiy uchrashuv bo`lib o`tdi

Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi hamda xotin-qizlar qo`mitasi bilan hamkorlikda o`rta maxsus ta’lim muassasasi o`quvchi qizlar ishtirokida 2016-yil 1-mart soat 12:00 da “faollar zalida” Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlangan “Хotirasi barhayot siymo” mavzusidagi adabiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Adabiy uchrashuvda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Umida Abduazimova ishtirok etdi.
  

“Talabaning ma’naviy qiyofasi qanday bo’lmog’i lozim?” mavzusida davra suhbati

01.03.2016 kuni Toshkent moliya institutining faollar zalida institut kafedra haftaliklarini o’tkazish rejasiga asosan “Audit” kafedrasi tomonidan “Talabaning ma’naviy qiyofasi qanday bo’lmog’i lozim?” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati institut rektori v.b. O.A.Ortiqov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor F.T.Muxamedov, O’zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, 2015 yilning eng yaxshi ma’naviyat targ’ibotchisi tanlovi g’olibi Tohir Saidov va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abduraim Abduvaxobovlar hamda institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida o’tkazildi.
  </span

“Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, ekstremizm va terrorizm hamda giyohvandlik va o`z joniga qasd qilish kabi illatlarga qarshi kurashish”

 
 “Statistika” kafedrasi tomonidan “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, ekstremizm va terrorizm hamda giyohvandlik va o`z joniga qasd qilish kabi illatlarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
  

“Biz sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz”

 
Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti kafedra haftaliklari doirasida Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2016-yil 27-fevralda 1-talabalar turar joyida “Biz sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi. Tadbirda kafedra professor-o`qituvchilari talabalar bilan sport musobaqasi tashkil qilishdi.
 

Magistratura bo‘limida “Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashning turlari va regulyativ asoslari” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi

 
Joriy yilning 23-fevral kuni Toshkent moliya institutida Magistratura bo‘limi hamda “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi hamkorligida “Investitsiyalarni boshqarish” hamda “Baholash ishi va rieltorlik” mutaxassisliklari talabalari uchun “Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashning turlari va regulyativ asoslari” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi.
 
Muammoli ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi “Tsiar Depo” MCHJ kompaniyasi direktor o‘rinbosari Nazirov Kamolxon Asqarovich o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.