Iqtisodchi-pedagog kadrlar malakasini oshirishning ustuvor vazifalari
Konferensiyaga oliy o`quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining professor-o`qituvchilari, shuningdek, moliya-kredit va pedagogika sohasidagi mutaxassislar, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar taklif etildi.
Konferensiya doirasida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun iqtisodchi-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning o`ziga xos jihatlari, ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish, modul tizimini joriy etishning dolzarb masalalari, buxgalteriya hisobi va audit, moliya va bank ishi yo`nalishidagi iqtisodchi-pedagoglarga qo`yilayotgan talablar, moliya va kredit, buxgalteriya hisobi va audit sohasining dolzarb masalalari bo`yicha