avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik majmualariga tashrif

 
2016 yil 6 fevral kuni Toshkent moliya instituti tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o’qitish kursi tinglovchilarini Toshkent shahrida joylashgan Xazrati imom masjidi, O’zbekiston musulmonlar diniy idorasi, Minor masjidi, Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi hamda qatag’on qurbonlari xotira muzeyiga tashriflari amalga oshirildi.
 

“Aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish va kasalliklarni oldini olish masalari”

 
2016-yil 25-yanvar kuni “Byudjet hisobi va davlat jamg`armalari” fakulteti “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, bu boradagi targ`ibot ishlarini tizimli amalga oshirish maqsadida hamda talaba-yoshlar o`rtasida sog`lom ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, bu borada ularning tibbiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish va kasalliklarni oldini olish masalari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
 

“Qiyomatga qolgan qarz”

2016-yilning 8-fevral kuni Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakulteti hamda Yunusobod tumani hokimligi tashabbusi bilan “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi. Mazkur filmda yurtimizdagi ba’zi yoshlar bugungi kunimizdagi turli fitnalarga aldanib, ona Vatani va oila a’zolarini tashlab, yurtiga xiyonat qilib, Islomga yot bo‘lgan oqimlarning to‘rlariga ilinib, ularga qo‘shilib qolganliklari haqida so‘z bordi.
 

Xo`jalik yurituvchi subyektlarda hisob siyosati va ularda ijara hisobini tashkil qilish

 
2016-yil 5-fevral kuni Toshkent moliya instituti “Magistratura” bo`limi “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi 1-kurs magistrantlari va “Buxgalteriya hisobi va audit” yo`nalishi talabalariga “Xo`jalik yurituvchi subyektlarda hisob siyosati va ularda ijara hisobini tashkil qilish” mavzusida muammoli ma’ruza bo`lib o`tdi.
Ma’ruzani O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi bosh iqtisodchisi Mamatov Bexzod Abdugafurovich o`qidi.
 

Qiyomatga qolgan qarz

 
2016-yil 3 –fevral kuni “Moliyaviy menejment ” fakultetida tahsil olayotgan barcha guruh talabalari uchun ma’naviyat va ma’rifat bo`limi tomonidan taqdim etilgan “Qiyomatga qolgan qarz” mavzusidagi videofilm namoyish etildi. Tadbirning kirish qismini Toshkent moliya instituti murabbiylar kengashi raisi Nuriddin Ochilov ochib berdi.
 

“Qiyomatga qolgan qarz”

Toshkent Moliya Instituti
 
Moliya-iqtisod fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar, ijrosini ta’minlash maqsadida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli hujjatli videofilm namoyish etildi.
Tadbirda Toshkent moliya instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, Moliya-iqtisod fakulteti dekani v.b. I.Qulliyev, Institut ustoz-murabbiylar kengashi raisi N.Ochilov, “Moliya”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “O‘zbekiston tarixi” kafedralari professor-o‘qituvchilari va

“Qiyomatga qolgan qarz”

Toshkent Moliya Instituti
 
2016-yilning 2-fevral kuni Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi. Mazkur filmda yurtimizdagi ba’zi yoshlar bugungi kunimizdagi turli fitnalarga aldanib, ona Vatani va oila a’zolarini tashlab, yurtiga xiyonat qilib, Islomga yot bo‘lgan oqimlarning to‘rlariga ilinib, ularga qo‘shilib qolganliklari haqida so‘z bordi.

Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limida “Tijorat banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish masalalari” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi.

 
Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent moliya institutida Magistratura bo‘limi hamda “Bank ishi” va “Bank hisobi va audit” kafedralari hamkorligida “Bank ishi”, “Bank hisobi va audit” mutaxassisliklari talabalari uchun “Tijorat banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish masalalari” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi.
Muammoli ma’ruzada AT Asaka banki “Loyihalarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig’i” A.Sh. Sultanov, bosh mutaxassis Sh.I. Soliyev va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Muammoli ma’ruza juda qiziqarli, savol-javoblarga boy va munozarali tarzda o‘tdi.
 

“Pensiya ishi” kafedrasi katta o`qituvchisi Yuldasheva Nadira Viktorovna tomonidan “Davlat budjetining ijtimoiy himoya xarajatlari” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
2016-yil 20-yanvar kuni “Sug`urta” fakultetining 3-kurs ST-10 guruh talabalariga “Davlat budjetining ijtimoiy himoya xarajatlari” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.
Ochiq darsda fakultet dekan muovini G`.Umarov, ”Pensiya ishi” kafedrasi mudiri B.Mamatov hamda kafedraning o`qituvchilari F.Hamrayeva, J.Tursunov qatnashishdi.

O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o`quvchilari o`rtasida “Ingliz tili bilimdoni” tanlovi o'tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
2016-yil 21-22-yanvar kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori hamda “2015/2016-o`quv yilida Toshkent moliya institutining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash o`quvchilarning ingliz tiliga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, egallagan bilim va ko`nikmalarini takomillashtirish maqsadida o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o`quvchilari o`rtasida tasdiqlangan Nizom asosida “Ingliz tili bilimdoni” tanlovining saralash bosqichi o`tkazildi.
 

Buyuk yurt farzandlari

Toshkent Moliya Instituti
 
2016-yil 21-yanvar kuni Toshkent Moliya Instituti 1-ma’ruzalar zalida “Bank ishi” kafedrasining kafedra haftaligi doirasida “Buyuk yurt farzandlari” mavzusida kredit-iqtisod fakulteti talabalari, professor o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston sharafini dunyoga taratayotgan yetakchi va ko‘rsatkichi bor sportchilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 

2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbati

Toshkent Moliya Instituti
 
2016-yil 20-yanvar kuni Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “Bosh maqsadimiz — mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” nomli ma’ruzasida belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
 

“Auditorlik faoliyatini meʻyoriy-huquqiy tartibga solish” mavzusida muammoli maʻruza tashkil etildi

Toshkent Moliya Instituti
 
Joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent moliya institutida “Bank hisobi va audit” kafedrasi tomonidan Magistratura boʻlimi bilan hamkorlikda magistratura boʻlimi 2-bosqich “Bank hisobi va audit” va “Audit” mutaxassisliklari boʻyicha tahsil oluvchi talabalari uchun “Auditorlik faoliyatini meʻyoriy-huquqiy tartibga solish” mavzusida muammoli maʻruza tashkil etildi.
 

Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limida “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l jamg‘armasi daromadlari va uni oshirish yo‘llari” mavzusida muammoli ma‘ruza o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent moliya institutida Magistratura bo‘limi hamda “Moliya” kafedrasi hamkorligida “Davlar moliyasini boshqarish” va “Xalqaro moliya” mutaxassisliklari talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi yol jamgarmasi daromadlari va uni oshirish yollari” mavzusida muammoli ma‘ruza o‘tkazildi.
 

“Asosiy vazifamiz-jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko`tarishdan iborat”

Toshkent Moliya Instituti
2016-yil 19-yanvar kuni soat 10.00 da Toshkent moliya instituti 1-ma’ruzalar zalida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz-jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko`tarishdan iborat” nomli ma’ruzasi asosida davra suhbati o`tkazildi. 

SALOMATLIK SPARTAKIADASI

Toshkent Moliya Instituti
“Salomatlik — tuman boylik!” deb bejiz aytmaydilar. Zero, sog`lom tanda sog`lom aql, sog`lom fikr, bunyodkor g`oyalar yaraladi. Toshkent moliya institutida ham mazkur fikrlarga og`ishmay amal qilinadi. Bu erda nafaqat talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, balki bu dargohda faoliyat olib boruvchi har bir o`qituvchi, ishchi-xodimning salomatligini mustahkamlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni birgina sport sohasi qator faoliyatlarning olib borilayotganligini bilan izohlasak mubolag`a bo`lmaydi.

“Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovining “Rektor kubogi” final bosqichi bo`lib o`tdi.

Toshkent Moliya Instituti
2016-yilning 16-yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti madaniyat saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovining “Rektor kubogi” final bosqichi bo`lib o`tdi. “Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovi “Rektor kubogi” final bosqichida institut Moliya-iqtisod fakultetining “Begonalar”, Hisob va audit fakultetining “Bo`ydoqlar”, Byudjet hisobi va davlat jamg`armalari fakultetining “Yangi yulduzlar”, Magistratura bo`limining “Bakalavrmas” jamoalari o`zaro bellashdilar.

“Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida “JALOLIDDIN MANGUBERDI KURASH YO`LI – MARDLIK VA VATANPARVARLIK, VATANGA SADOQAT TIMSOLI” mavzuida “Jasorat darsi” bo'ldi.

Toshkent Moliya Instituti
2016-yil 12-yanvar kuni “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida Toshkent moliya instituti rahbariyati, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo`limi, Ustoz va murabiiylar Kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati institut boshlang`ich tashkiloti hamda “O`zbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan “JALOLIDDIN MANGUBERDI KURASH YO’LI – MARDLIK VA VATANPARVARLIK, VATANGA SADOQAT TIMSOLI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy “Jasorat darsi” tashkil etildi.