avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

Toshkent Moliya institutida Karera kunlarining birinchi kuni bo’lib o’tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 
qo’mitalar, markaziy va tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda boshqa 90dan ortiq korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Karera kunlari” taqsimot tadbiri o’tkazilmoqda.
 
Bugun “Karera kunlari”ning birinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Markaziy bank va Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari hamda boshqa korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.
 

14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi -muqaddas burch!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 
2016-yil 14-yanvar kuni Toshkent moliya institutida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi — muqaddas burch!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.
Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori v.b O.Ortiqov, institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektor F.Muxamedov, Ma’naviyat va ma’rifat bo`limi boshlig`i O`.Narbayev, fakultet dekanlari, institut professor-o`qituvchilari va ishchi xodimlar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari va iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
 

TMI ning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
2016-yil 13-yanvar kuni oliy o‘quv yurtlararo sport sog‘lomlashtirish markazida Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamda institutning Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqasi 50 kg, 60 kg, 70 kg va 70+ vazn toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent shahrida joylashgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari moliya instituti qoshidagi 2-son akademik litsey, Toshkent bank kolleji, TDIU qoshidagi iqtisodiyot kolleji, TDIU qoshidagi Сhilonzor akademik litseyi, Toshkent soliq kollejlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan musobaqada quyidagi g‘oliblar aniqlandi.
 

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Toshkent Moliya Instituti
 2016-yil 12-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent moliya institutining ARM zalida Moliyaviy menejment fakulteti «Menejment va marketing» kafedrasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 24— yilligi hamda14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik”, “O`zbek yigiti mustaqillik posboni” mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.Tadbirda Mudofaa vazirligi vakili, podpolkovnik F.Boymatov, Mudofaa vazirligi vakili, mayor F.Baxramov, moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo`yicha prorektor J.E.Kurbanbayev, Moliyaviy menejment fakulteti dekani O.Astankulov, Menejment va marketing kafedrasi mudiri X.Asatullayev, kafedraning professor — o`qituvchilari hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar.

14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish chog’ida xalok bo’lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari xolidan xabar olindi.

Toshkent Moliya Instituti
 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2016 yilni 12 yanvar kuni “Vatan himoyachilari va qahramonlari –xalq e’zozida!” shiori ostida joylarda uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Joylarda tashkil etilgan uchrashuvlarda Toshkent moliya instituti rektori v.b O.Ortiqov, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektori F.Muxamedov, Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i O`.Narbayev, Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimova va dekan muovini S.Sherov, Kredit-iqtisod fakulteti dekan muovini M.Rustamov, Byudjet hisobi va davlat jamg`armalari fakulteti dekan muovini S.Avazxadjaev,“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati fakulteti sardori B.Holmurodov va iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Toshkent viloyati Chirchiq harbiy garnizoni shaxsiy tarkibi Ofetserlar saroyida “Vatan himoyachilari –xalq e’zozida” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent Moliya Instituti
        Toshkent viloyati Chirchiq harbiy garnizoni shaxsiy tarkibi Ofetserlar saroyida 14— yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2016— yilni 10-yanvar kuni “Vatan himoyachilari –xalq e’zozida” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
           Ushbu tadbirda institut rektori v.b. O.Ortiqov, Chirchiq harbiy garnizoni boshlig’ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik A.R. Shoxakimov, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati institut faollari va iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini oʻrganish boʻyicha videoseminar

Toshkent Moliya Instituti
 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 yanvardagi 87-03-32-sonli xatiga asosan 2016 yil 8 yanvar kuni “Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini oʻrganish boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida Maxsus kurs tashkil etish toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoseminarda Toshkent moliya instituti oʻquv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektorlari, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari mudirlari va professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar.

“Harbiy havo hujumidan mudofaa” qo’shinlariga qarashli 83384-sonli harbiy qismda “Vatan himoyachilari –xalq e’zozida” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 
Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani Yangi qo’rg’on mavzesida joylashgan “Harbiy havo hujumidan mudofaa” qo’shinlariga qarashli 83384-sonli harbiy qismda 14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2016 yilni 9 yanvar kuni “Vatan himoyachilari –xalq e’zozida” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
 

Parvarishiga muhtoj yolg`iz keksalar va II-jahon urushi qatnashchilarini holidan xabar olish rejasiga binoan mehnat fahriysi Nataliya Rexlovani holidan xabar olindi.

Toshkent Moliya Instituti
14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent moliya institutining Sug’urta fakulteti va Moliya-iqtisod fakulteti professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlari va Yunusobod tumani bandlikka ko’maklashish bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida yashovchi o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz keksalar va II-jahon urushi qatnashchilarini holidan xabar olish rejasiga binoan mehnat faxriysi Nataliya Rexlovani holidan xabar olindi va bayram sovg’alari taqdim etildi.
                             

TMI kafedralari tomonidan o`rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari pedagog-o`qituvchilari uchun mutaxassislik fanlar bo`yicha ilmiy-uslubiy seminarlar o`tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli Hay`at qarorlari va buyruqlariga asosan institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi hamda institutning “Bank ishi”, “Moliya”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobi”, kafedralari hamkorligida 2016-yil 4-7-yanvar kunlari institutda tayyorlanayotgan ta’lim yo`nalishlariga mos kichik mutaxassislar tayyorlaydigan kollejlar pedagoglari uchun mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi, fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy majmua, ishchi o`quv dastur va fan mavzulari bo`yicha uslubiy ishlanmalar tayyorlash yuzasidan ilmiy-uslubiy seminar o`tkazildi.
 

14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”

Toshkent Moliya Instituti
14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent moliya institutining Hisob va audit fakulteti va Kredit-iqtisod fakulteti professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlari hamda Yunusobod tumani bandlikka ko`maklashish bo`limi xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida yashovchi o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz keksalar va II-jahon urushi qatnashchilarini holidan xabar olish rejasiga binoan mehnat fahriysi J.Sattorovani holidan xabar olindi va bayram sovg`alari taqdim etildi.
                     

Umumqabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishning dolzarb masalalari”

Toshkent Moliya Instituti
ʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi hamda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda Toshkent moliya instituti tomonidan joriy yilning 28 dekabr kuni “Umumqabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Ezgulikka bir qadam

Toshkent Moliya Instituti
 2015 yil 26 dekabr kuni “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan Toshkent moliya instituti talabalari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 1- sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Ezgulikka bir qadam” shiori ostida mehr-muravvat tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida talabalar turli mazmundagi oʻyinlar, tanlovlar tashkil etib, tabiyalanuvchilarni Yangi yil bayrami bilan qutladilar.
                                  

Bolaning begonasi yo`q

Toshkent Moliya Instituti
 Bolalarga mehr-e’tibor ko`rsatish, ularning komil inson bo`lib yetishishi haqida qayg`urish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.
 Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar jarayonida boquvchisini yo`qotgan oilalar farzandlari, yetim bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, tarbiyalash va voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Shu munosabat bilan Toshkent moliya instituti Hisob va audit fakulteti moliyaviy tahlil kafedrasi o`qituvchisi A.Abdullayev va shu fakultet HBA-54i guruh talabalari kirib kelayotgan yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tabriklashdi.

Differensial tenglamalarni yechishning sonli usullari

Toshkent Moliya Instituti
2015-yil 24-dekabr kuni “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dotsenti Маmurov I.N. Kredit-iqtisod fakultetining birlashgan KBI-60,61 guruhlarida “Differensial tenglamalarni yechishning sonli usullari” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazdi.

 Ma’ruzada “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dotsenti R.Qodirov, katta o‘qituvchilar F.Qodirov, M.Raxmonovlar va Kredit-iqtisod fakultetining dekan o‘rinbosari M.Rustamovlar ishtirok etdilar.
                         

Prezident asarlari bilimdoni

Toshkent Moliya Instituti
          Bugungi kunda Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida», «Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir» kabi asarlari yoshlarimiz o‘rtasida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda».
Shu munosabat bilan 23-dekabr 2015-yil Kredit-iqtisod fakultetida «Falsafa va O‘DJQNA» kafedrasi bilan hamkorlikda «Prezident asarlari bilimdoni» ko‘rik tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet dekani dots.N.Oblomurodov, «Falsafa va O‘DJQNA» kafedrasi mudiri M.Primov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Rustamov, tanlov hay’ati a’zolari A.Abdullayev, dots. F.Parmonov, T.Safarova hamda fakultet iqtidorli talabalari.

Differensial tendlamalarni taqribiy yechish usullari

Toshkent Moliya Instituti
2015 yil 23 dekabr kuni “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dosenti Adizov Akbar Adizovich Kredit-iqtisod fakultetining KBI-62,63 guruhlarida “Differensial tendlamalarni taqribiy yechish usullari” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazdi.
 Ma’ruzada Kredit-iqtisod fakultetining dekani muovini Sayfuddinov Ilxom Fayziddinovich, “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dotsentlari Yakubov Sobitjon, Qodirov Rafiq, katta o‘qituvchi Xo‘janiyazova Gullola ishtirok etishdi.

“Funksional qatorlarning tekis yaqinlashishi”

Блог им. norboevu
 
2015- yil 23- dekabr kuni “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dotsenti Yakubov Sabitjon “Hisob va Audit” fakultetining XBA-54 guruhlarida “Funksional qatorlarning tekis yaqinlashishi” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazdi.
 
Ma’ruzada “Hisob va Audit” fakultetining dekani muovini Sherov Sanjar, “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dotsentlari Adizov Akbar Adizovich, katta o‘qituvchi Xo‘janiyazova Gullola Satimbayevnalar ishtirok etishdi.
                                                

Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limida “Prezident asarlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
 Joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent moliya institutida Magistratura bo‘limi hamda “Falsafa va O‘DJQNA” kafedrasi hamkorligida Magistratura bo‘limi mutaxassisliklari talabalariga “Prezident asarlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Toshkent moliya institutida institut qoshidagi Moliya akademik litsey bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
 
2015-yil 22-dekabr kuni Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi tomonidan institut qoshidagi Moliya akademik litsey bitiruvchi bosqich o’quvchilari uchun “Toshkent moliya instituti faoliyati va ta’lim yo’nalishlari” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbirda Moliya akademik litseyining rahbarlari, mas’ul pedagoglari va 100 dan ortiq bitiruvchi o’quvchilari ishtirok etdi.
 
Dastlab, akademik litsey bitiruvchilari Toshkent moliya instituti Axborot resurs markazi, kompyuter xonalari Kredit-iqtisod fakulteti o’quv auditoriyalari bo’ylab ekskursiya tashkillashtirildi.