avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” asari asosida davra suhbati o'tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti

2015-yil 12-noyabr kuni Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`'limi hamda “Falsafa va O`DJQNA” kafedrasi hamkorligida institut qoshidagi Moliya akademik litseyda I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” asari asosida davra suhbati uyushtirdi.
 
Davra suhbatida Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor X.Shennayev, “Falsafa va O`DJQNA” kafedrasi professori S.Raximov, Moliya akademik litsey direktori T.Axmedov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha direktor o`rinbosari G`.Ergashev va litseyning     50 nafar o`quvchilari ishtirok etdi.

 
Davra suhbatida asar haqida keng qamrovli ma’lumot berildi. “Falsafa va O`DJQNA” kafedrasi professori S.Raximov o`z ma’ruzasida proektor orqali ma’lumot berdi. Davra suhbati yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
 

Toshkent moliya instituti “Young Bankers” nomli ingliz tilidagi bahs-munozara klubining “Iqtisodiy oʻsish va Oʻzbekistonda moliyaviy sektor rivojlanishi” mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi

Toshkent Moliya Instituti
 
2015- yil 11- noyabr kuni Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetida “Young Bankers”  nomli ingliz tilidagi bahs-munozara klubining “Iqtisodiy oʻsish va Oʻzbekistonda moliyaviy sektor rivojlanishi” mavzusida birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda talabalar va bir qator  oʻqituvchilar bilan birgalikda  fakultet  dekani N. Oblomurodov qatnashdi.
 
Tadbirda M. Saparboyev, M. Narziyev va A. Tohirjonovlar prezentatsiya taqdim etishdi. Soʻngra ishtirokchilar mavzu yuzasidan qiziqarli bahs munozara yuritib, oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.
 Yakunda mavzu boʻyicha xulosalar keltirib oʻtildi va kelajakda klub faoliyatini yanada rivojlantirishga kelishib olindi. Debat klubning keyingi uchrashuvi 19 noyabrga belgilandi.
 

Toshkent moliya institutida “Avtotest” innovatsion avtomaktabi bilan hamkorlikda “Yo‘l harakatida yangi innovatsion texnologiyalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 
 
 
 

Toshkent moliya instituti “Kredit-iqtisod” fakultetida “Avtotest” innovatsion avtomaktabi bilan hamkorlikda “Yo‘l harakatida yangi innovatsion texnologiyalar” mavzusida talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbir davomida yo‘l xarakati koidalari va xaydovchilik madaniyati to‘g’risida videorolik namoyish etildi.
 
 
Tadbirda “Avtotest” innovatsion avtomaktabi ijrochi direktori V.V. Inogamov va mas’ul xodimlar X. Xalimov, Yu. Risyukovalar ishtirok etishdi.
 
Tadbir savol-javoblarga boy qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo`nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Maxsus kurs bo`yicha ma’ruza o`tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 

2015-yil 7-noyabr kuni Sug`urta fakultetining Axborot resurslari markazi o`quv zalida “Soliq tushumlarini hisobini yuritish amaliyoti” mavzusida Maxsus kurs bo`yicha ma’ruza bo`lib o`tdi. Unda Toshkent shahar Yunusobod tuman Davlat soliq inspeksiyasi bosh davlat soliq inspektori U.A.Berdiyeva ma’ruza qildi.
 
Ma’ruzachi soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar tushumini hisobga olish, uni soliq to`lovchining shaxsiy kartochkasida yuritish tartibi hamda davlat soliq xizmati organlarida foydalanilayotgan dasturiy mahsullar xususida atroflicha to`xtalib, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar tushumi hisobini yuritish jarayonini Yunusobod tuman DSI misolida tanishtirdi.
Ma’ruzada “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri prof. A.Jo`rayev hamda kafedra professor-o`qituvchilari ishtirok etdilar. Tashkil etilgan mazkur tadbir bahs-munozarali hamda savol-javob tarzida o`tkazildi.
 

“Ayollar orasida salbiy illatlarning oldini olish” mavzusida ma'naviy - ma'rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 
2015 — yil 5 — noyabr kuni Hisob va audit fakultеtida olima ayollar va talaba qizlar bilan birgalikda “Ayollar orasida salbiy illatlarning oldini olish” mavzusida ma'naviy — ma'rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Toshkеnt shahar Yunusobod tumani Xotin — qizlar va ijtimoiy masalalar bo`yicha hokim o`rinbosari N.Abdurahimova bilan Toshkеnt shahar Yunusobod tumani IIB xodimi militsiya kapitani A.Po`latovlar qatnashdilar.
 

San’at va milliy qadriyatlar ezgulik targ‘ibotchisi

Toshkent Moliya Instituti
  
2015-yil 4 noyabrda Sug‘urta fakultetida, O‘zbek milliy akademik drama teatri sana’tkorlari ishtirokida “San’at va milliy qadriyatlar ezgulik targ‘ibotchisi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muhamedov, Fakulteti dekani U.Radjabov, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi R.Azimboeva, “Falsafa va O‘DJQNA” kafedrasi mudiri M.Primov, fakultet talabalari hamda mehmon sifatida O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hamid Toshpo‘latov, Gavhar Zokirova, Toxir Saidovlar ishtirok etishdi.

Toshkent moliya institutida “Sog`lom turmush tarzi va yoshlar tarbiyasi” mavzusida davra suhbati o`tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
 

2015 yil 3 noyabr kuni “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi tomonidan “Kafedra haftaliklari” doirasida “Sog`lom turmush tarzi va yoshlar tarbiyasi” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
Davra suhbatida Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-sonli poliklinika shifokori Sh.Q.Abdusattorova, Toshkent moliya instituti shifokori M.Mansurova va katta hamshira N.Raximovalar ishtirok etdilar.
Ular sog`lom avlodni shakllantirish — jamiyatda sog`lom turmush tarzini qaror toptirish negizida amalga oshirilishi, buning uchun esa jamiyatning har bir a’zosi sog`lom turmush tarzini yo`lga qo`yishi, s

Toshkent moliya institutida “Yangi bank xizmatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
 

Kredit-iqtisod fakulteti hamda “Hamkorbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Toshkent filiali bilan birgalikda “Yangi bank xizmatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ATB “Hamkorbank” Toshkent filiali bosh menejeri F.M.Xo’jayev, menejer Z.Mirzayeva va menejer J.Abduqodirov “Yangi bank xizmatlari” bo‘yicha taqdimot qilishdi. Tadbirda Kredit-iqtisod fakulteti 3-4 kurs talabalari ishtirok etishdi.

 
Tadbirda ATB “Hamkorbank” tomonidan hozirgi kunda taqdim etilayotgan yangi bank xizmatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
 

Тошкент молия институтида “Табиий хусусиятли фавқулодда вазиятлар” мавзусида тадбир ўтказилди

Toshkent Moliya Instituti
 
2015 йил 10 ноябрь куни институт талабаларининг табиий ва фавқулодда вазиятлардан ҳимояланиш борасида тадбир ўтказилди. Тадбирда Фавқулодда Вазиятлар Вазирлиги “Аҳоли ва ҳудудларни Фавқулодда вазиятлардан муҳофаза қилиш” кафедраси ўқитувчиси Саидханова Назокатхон Юлдашевна, институт Академик лицей ва коллежлар бўйича проректори Х.Шеннаев, “Минтақавий иқтисодиёт” кафедраси ўқитувчилари Ҳ.Аллаберганов, М.Тожиев, Фуқаро ва меҳнат муҳофазаси бўлим бошлиғи М.Юлдашева, “Молия-иқтисод” факультети маънавий ишлар бўйича декан муовини И.Жуманиёзов, “Бюджет ҳисоби ва давлат жамғармалари” факультети маънавий ишлар бўйича декан муовини Д.Шолдоров, “Иқтисодиёт назарияси” кафедраси ўқитувчилари У.Зайнуддинова, С.Абдухалилова, “Пенсия” иши кафедраси ўқитувчилари Ш.Хамдамов, Ш.Турсунов, “Молия” кафедраси ўқитувчиси С.Аллаёров, “Бизнес ва тадбиркорлик” кафедраси ўқитувчиси М.Жабборов, “Камолот” ЁИҲ ИБТ етакчиси  К.Махмудов, Молия-иқтисод факультети, “Бюджет ҳисоби ва давлат жамғармалари” факультети, “Суғурта иши” факультети талабалари иштирок этишди.

Диний экстремизм ва терроризмнинг хавфли кўринишлари ҳамда уларнинг ёшлар онгига таъсири

Toshkent Moliya Instituti
 
2015 йил 11 ноябрь куни институт талабаларининг ҳуқуқий  билимларини ошириш, улар томонидан хуқуқбузарликлар ва жиноятларнинг содир этилишини олдини олиш мақсадида“Диний экстремизм ва терроризмнинг хавфли кўринишлари ҳамда уларнинг ёшлар онгига таъсири”, “Бош мақсад – адолат ва қонун устуворлигини таъминлаш” мавзусида профилактик тадбир ўтказилди. Тадбирда Тошкент шаҳар ИИББ тергов бўлим бошлиғи ўринбосари Саидов Жасур Тоштемирович, Маънавият ва маърифат бўлими бошлиғи Ў.Нарбаев, Молиявий-менежмент факультети декан муовини А.Махаммадиев, Суғурта факультети декан муовини М.Жалилов,  “Камолот” ЁИҲ ИБТ етакчиси  К.Махмудов, институт ижтимоий-гуманитар фанлар кафедралари мудирлари, профессор-ўқитувчилар ҳамда Молиявий-менежмент ва Суғурта факультетларининг 250 нафар талаба-ёшлари иштирок этишди.

Диний экстремизм ва терроризмнинг хавфли кўринишлари ҳамда уларнинг ёшлар онгига таъсири

Блог им. norboevu
 
   
2015 йил 11 ноябрь куни институт талабаларининг ҳуқуқий  билимларини ошириш, улар томонидан хуқуқбузарликлар ва жиноятларнинг содир этилишини олдини олиш мақсадида“Диний экстремизм ва терроризмнинг хавфли кўринишлари ҳамда уларнинг ёшлар онгига таъсири”, “Бош мақсад – адолат ва қонун устуворлигини таъминлаш” мавзусида профилактик тадбир ўтказилди. Тадбирда Тошкент шаҳар ИИББ тергов бўлим бошлиғи ўринбосари Саидов Жасур Тоштемирович, Маънавият ва маърифат бўлими бошлиғи Ў.Нарбаев, Молиявий-менежмент факультети декан муовини А.Махаммадиев, Суғурта факультети декан муовини М.Жалилов,  “Камолот” ЁИҲ ИБТ етакчиси  К.Махмудов, институт ижтимоий-гуманитар фанлар кафедралари мудирлари, профессор-ўқитувчилар ҳамда Молиявий-менежмент ва Суғурта факультетларининг 250 нафар талаба-ёшлари иштирок этишди.

Toshkent moliya institutida “Vaqt qadri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
  
2015-yil 29-oktyabr kuni “Fortuna konsalting psixologik markazining 1-sonli xatiga asosan, joriy yilning 30-oktyabr kuni institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarni “Fortuna konsalting” psixologik markazi mutaxassislari tomonidan yoshlarning psixologik ongi va tafakkurini rivojlantirish maqsadida  “Vaqt qadri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor i.f.n, dotsent F.T.Muxamedov,  p.f.n J.E.O‘sarov, psixolog To‘laganova Zilola Axroljonovna, biznes trenerlar Islomov Alisher Islomovich va Axrorov Aziz Zafarjonovich, shuningdek, institutning 240 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Toshkent moliya institutida 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan “E’zoz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
 
2015-yil 31-oktyabr kuni Toshkent moliya institutida “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan “E’zoz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Norboyev, Kasaba uyushmasi raisi Z.Yuldoshev, faxriy professor-o‘qituvchilar,  barcha fakultet dekanlari, “Kamolot” YIH IBT raisi K.Maxmudov hamda institutning 240 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar va faxriy professor-o‘qituvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatildi. 

“O`zbek teatrlarining xalqimiz ma’naviyati yuksalishidagi o’rni va roli”

Toshkent Moliya Instituti

2015 yil 24 oktyabr kuni Kredit-iqtisod fakulteti hamda O`zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi bilan birgalikda “O`zbek teatrlarining xalqimiz ma’naviyati yuksalishidagi o’rni va roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
 
Tadbirda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyorlari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Turg`un Beknazarov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulchehra Nosirova va Munojat Alimboyeva ishtirok etishdi.

 
Tadbirda Kredit-iqtisod fakulteti va Hisob-audit fakulteti talabalarini O’zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Turg`un Beknazarov 1-kursga qabul qilinganligi bilan tabrikladi.
 
Davra suhbatida aktyorlar o`zlarining san’atga kirib kelishi, ijodiy faoliyati haqida to`xtalib o`tdi va hozirgi kunning talabalari ko`proq badiiy kitoblar o`qishlari va teatrga ko`proq tashrif buyurishlari lozimligini ta`kidladi. Tadbir so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

“O`zbek tili – o`zlik tili”

Toshkent Moliya Instituti
 

2015-yil 21-oktyabr kuni institutning “Moliyaviy menejment” fakulteti hamda “Kasbiy ta’lim” kafedrasi tashabbusi bilan “O`zbek tili – o`zlik tili” mavzusiga bag’ishlangan ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir bo`lib o`tdi.
 
Tadbirda institutning “Kasbiy ta’lim” kafedrasi professor pedagogika fanlari doktori — H.T.Omonov, pedagogika fanlari doktori, professor — S.Hasanov, “Til va adabiyot” instituti mas’ul xodimi, filologiya fanlari doktori, professor E.Umarov hamda fakultet dekani muovinlari, kafedraning professor-o`qituvchilari va fakultet talabalari qatnashdilar.
 
 
Tadbirda so`zga chiqqan professor-o`qituvchilar til, madaniyatning ko`p qirralari haqida qimmatli fikrlarni bayon qilishdi, o`zbek tiliga bag`ishlangan va uni ulug`laydigan she’rlardan namunalar o`qidilar, hamda talabalar ham o`z chiqishlari va savollari bilan faol qatnashdilar.
 

Талаба-ёшлари ўртасида турли ёт ғоялар ва таҳдидларга қарши курашиш, миллий иммунитетни шакллантириш мақсадида маънавий-маърифий тадбир ўтказилди

Toshkent Moliya Instituti
 

2015 йил 19 октябрь куни профессор-ўқитувчилари ва талаба-ёшлари ўртасида турли ёт ғоялар ва таҳдидларга қарши курашиш, миллий иммунитетни шакллантириш мақсадида маънавий-маърифий тадбир ўтказилди. Тадбирда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Маънавий-аҳлоқий тарбия бошқармаси бошлиғи М.Комилов, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита маъсул ходими М.Толипов, Рус православ черкови диний семинарий ўқитувчиси О.Шковородюк, Илмий ишлар бўйича проректор Н.Хайдаров, Маънавият ва маърифат бўлими бошлиғи Ў.Нарбаев, Устоз-мураббийлар Кенгаш раиси Н.Очилов, Ҳисоб ва аудит факультети декани К.Каримова, Молия-иқтисод факультети декан муовини  И.Куллиев, “Камолот” ЁИҲ ИБТ етакчиси  К.Махмудов, Факультет деканларининг маънавий-маърифий ишлар бўйича муовинлари, кафедра мудирлари, профессор-ўқитувчилар ҳамда институтнинг 235 нафар талаба-ёшлари иштирок этишди.

 
Тадбирни Тошкент молия институти проректори Хайдаров Низомиддин Хамраевич кириш сўзи билан очди ва тадбир иштирокчиларини таклиф этилган мутахассис ва меҳмонлар билан таништирди. Шундан сўнг, сўзни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Маънавий-ахлоқий тарбия бошқармаси бошлиғи М.Комиловга берди.
 
         М.Комилов ўз сўзида, бугунги кунда мамлакатмизда таълим-тарбия соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва эришилаётган ютуқлар тўғрисида батафсил маълумот берди. Шунингдек, дунё ҳамжамиятини ташвишга солаётган, дин ниқоби остида фаолият олиб бораётган турли диний экстремистик ташкилотларнинг ёшларни алдов йўли билан ўз сафларига қўшиб олаётганидан келиб чиқиб, талабаларни бундай гуруҳлар таҳдидидан доимо огоҳ ва ҳушёр бўлиш лозимлигини таъкидлади.
  
 
         Мамлакатимизда бундай иллатларга қарши кураш борасида кўпгина чора тадбирлар ўтказилаётганлиги ҳақида ўтирганларга мурожаат қилар экан, барчанинг диққатини тайёрланган мавзуга оид видеофильм тақдимотини кўрганларида бунга янада ишонч ҳосил қилишлари ҳамда тегишли хулосалар чиқаришлари мумкинлигини айтиб ўтди.
          Дарҳақиқат, Ватан оиладан бошланади. Фарзанд тарбияси ҳам асосан ота-онанинг мажбурияти ҳисобланади. Агар улар ўз зурриётларини Ватанга садоқат ва муҳаббат, урф-одат ва диний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбияласалар ҳеч қандай ташқи ғоя ёки мафкура уларнинг онгини, шу билан бирга, жамиятни буза олмайди. Ўзини шу юрт фарзанди, буюк аждодларнинг меросхўри, Ватан фидойиси, деб билувчи ҳар бир фуқаро Ватан ҳавфсизлигига, унинг бирлиги ва осойишталигига таҳдид солаётган ҳолатларга бефарқ бўлмаслиги лозимдеб ўз маърузасини якунлади.
          Шундан сўнг сўз навбати Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита маъсул ходими М.Толиповга берилди. Нотиқ талабаларга диний экстремизм, унинг келиб чиқиш сабаблари ва бугунги кунда мамлакатимизда бундай ҳаракатларга қарши олиб борилаётган ислоҳотлар ҳақида батафсил маълумотлар берди. У ўз сўзида ИШИД экстремистик гуруҳларининг ёшлар онги ва қалбини турли зарарли ғоялар билан эгаллаб ўз мақсадлари сари қандай ишларни амалга ошираётганликлари ва бу жамият ва мамлакат учун қанчалик хавф эканлигини тушунтириб ўтди. Шунингдек, ислом экстремизми ғояларининг Марказий Осиёга кириб келишидан кўзланган асосий мақсад – диний қадриятларни қайтадан тиклаш эмас, балки ана шу ғоялардан фақат восита ва ниқоб сифатида фойдаланиш орқали минтақада беқарорликни, диний ва миллатлараро низоларни вужудга келтириш, иқтисодиётни турли йўллар билан издан чиқариш, иқтисодий инқирозни келтириб чиқариш орқали ҳукуматни кучсизлантириб обрўйини тўкишдан иборат эканлигини талабаларга уқтирди.
          Бугунги кунда диний экстремизм ҳозирги дунёнинг глобал муаммоси экани ҳеч кимга сир эмаслигини, шу сабабдан ҳам оламдаги барча маърифатпарвар кучлар қатори Ўзбекистонда ҳам унга қарши курашнинг турли кенг миқёсдаги фаолияти олиб борилаётгани тўғрисида гапириб ўтди.
Кун тартибидаги масала юзасидан Рус проваслав черкови диний семинарий ўқитувчиси Шковородюк Олег Степанович маъруза қилди. У ҳам юқоридаги маърузачилар қатори талабаларни диний экстремизм, терроризм таҳдидини олдини олиш мақсадида огоҳликка чақириб ўтди.
          Бутун дунё ҳамжамиятини қаттиқ хавотирга солаётган диний экстремизм, миссионерлик ҳаракати кундан-кунга тарқала бориб, халқлар ўртасидаги тотувлик, диний бағрикенглик тамойилларига таҳдид  қилмоқда. Шунингдек, эркин тарғибот олиб бориш ва фаолият доирасини кенгайтириш мақсадида кўпгина миссионерлик ташкилотлари, юқорида айтилганидек, ўз ҳаракатларини халқаро нодавлат  ташкилотлари мақомида амалга оширишга интилаётганини ҳам қайд этиш лозим. Тажриба бундай мақом миссионерлик фаолияти ҳақли эътирозларни келтириб чиқарганда уларнинг халқаро ҳуқуқ нормаларини рўкач қилишга  ва унинг ҳимоя механизмларидан  фойдаланиш-га уринишларига, ўз ҳаракат-ларини хас пўшлашга  ва жавобгарликдан қочишга интилишларига замин яратишини кўрсатади деб таъкидлади.
          Ҳозирги кунда ёшларга турли ижтимоий тармоқлар, мобил дастурлари ва турли воситалардан ахборот ҳуружлари орқали таъсир қилишга уринишлар кўп бўлмоқда. Бу эса бизни доим огоҳ бўлишимиз зарурлигини англатади дея ўз маърузасига якун ясади.
          Тадбирда талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга мутахассислардан жавоблар олишди.
          Тадбир сўнгида “Иқрор” номли видеофильм намойиш этилди.                    
 

“Ona tili – millat ruhi”

Toshkent Moliya Instituti
 

2015-yil 19-oktyabr kuni Toshkent moliya institutida “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan kunga bag`ishlangan ilmiy-adabiy anjuman o`tkazildi. Toshkent moliya institutining “O`zbek va rus tillari” kafedrasi O`zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi hamda O`zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi hamkorligida ilmiy-adabiy anjuman o`tkazildi. “Ona tili – millat ruhi” mavzusidagi anjuman “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilinganligining 26 yilligiga bag`ishlandi.

 
Ushbu ilmiy-adabiy anjumanda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Kozim Tojiyev va Muxtabar Husanova, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Mirpo'lat Mirzo, “O'bek va rus tillari” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor N.Husanovlar “Davlat tilining ahamiyati”, “Davlat tili va qonunchilik”, “Tilimizga davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati”, “Ona tili — millat ruhi” kabi mavzularda ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun hamda Davlat tilining ahamiyati haqida mukammal ma’lumotlar olishdi.
 
Tadbirning badiiy qismida institutning iqtidorli talabalari hamda “Moliyachi” gazetasi qoshidagi “Yosh ijodkor” to`garagi a’zolarining she’r, qo`shiq, raqs kabi badiiy chiqishlari namoyish etildi.
 

“Faxriy ustozlar-doimo e’zozda”

Toshkent Moliya Instituti
 

2015 yil  2 oktyabr kuni“Hisob va audit” fakulteti, hamda“Moliyaviy tahlil” kafedrasi“Kafedra haftaligi” doirasida“Faxriy ustozlar-doimo e’zozda” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova, institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi R. Azimbaeva, fakultet dekani K. Karimova, kafedraning professor-o’qituvchilari va talabalar qatnashdilar.
 
Davra suxbatida aktrisa o’zining san’atga kirib kelishi, ijodiy faoliyati xaqida to’xtalib o’tdi va hozirgi kunda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari kerakligini ta’kidlab o’tdi. Tadbir so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollariga javob oldilar.
   

“Таъзим сизга Устозлар!”

Toshkent Moliya Instituti
 
 
 
2015 йил 30 сентябрь куни  Тошкент молия институтида 1-октябрь – Ўқитувчилар ва мураббийлар куни муносабати билан “Маърифат боғининг боғбони устоз!” мавзусида байрам тадбири бўлиб ўтди. Тадбирда институт ректори, проректорлари, Азизов Улуғбек Ўктамович, хонанда Умар Шамсиев, Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактабининг рақосса қизлари, институт кафедра мудирлари, деканлар, бўлим бошлиқлари, профессор-ўқитувчилар ва фаол талаба-ёшлар иштирок этишди.
Тадбирни институт ректори в.в.б. О.Ортиқов табрик сўзи билан очиб берди.  Институтда кўп йиллар давомида фидокорона меҳнат қилган бир қатор профессор-ўқитувчиларга мақтов ёрлиқлари билан совғалар топширилди.
Тадбирнинг бадиий қисмида таклиф қилинган санъаткорлар ва институт иқтидорли талаба-ёшлари иштирокларида концерт дастури намойиш этилди.
Тадбир сўнгида барча профессор-ўқитувчилар ва меҳмонларни “Бир пиёла чой устида” байрам дастурхонига таклиф қилиндилар. Таомлар шоҳи – ош тановвул қилинди.