avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

“Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati”

Toshkent Moliya Instituti
 
2015 yil 4 dekabr kuni “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Toshkent moliya instituti qoshidagi Moliya akademik litseyida “Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida davra suxbati oʻtkazildi.
 
Tadbirda Moliya akademik litseyi direktori T.Axmedov, “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari B.Karimov, F.Ziyaev, S.Toʻlaganovalar soʻzga chiqib, har bir davlatning suverenitetini asoslab beradigan bosh huquqiy hujjat Konstitutsiya ekanligini, jahon davlatchiligi tarixi koʻrsatganidek, har qanday jamiyat oʻziga xos taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqishi, uni amalga oshirish choralarini koʻrishi, istiqbolini belgilab beradigan huquqiy asosni yaratishi, shu nuqtai nazardan, mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan eng katta yutuq — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekanligini, Oʻzbekiston Konstitutsiyasi hamdoʻstlik mamlakatlari orasida birinchi boʻlib, mustaqillikning bor-yoʻgʻi oʻn besh oyi ichida qabul qilinganligi, Konstitutsiyada davlat mustaqilligini kafolatlash, suverenitetini e’tirof etish, uni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta’minlash, davlat ichki va tashqi siyosati hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini rivojlantirish tamoyillari oʻz ifodasini topganligini ta’kidlab oʻtdilar.
 
 

Bank xodimlari bilan uchrashuv

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yil 3-dekabr kuni Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetida “Bank ishi” yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari bilan respublikamizning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki xodimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘td Dastlab uchrashuvda bank xodimlari bankning tashkil topishi, uning faoliyati, hozirgi moliyaviy ahvoli, bankning ish sharoitlari va imkoniyatlari, xalqaro faoliyati va hamkorligi bilan talabalarni tanishtirdi. Sh undan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar bilan murojaat etishdi va ularga tegishlicha javoblarni olishdi.
 
 
 
Bank xodimlari mavjud bo‘sh o‘rinlarga to‘xtalib o‘tishdi hamda talabalarni ishga taklif etishdi. Mazkur bankda ishlashni xohlovchilar tegishli hujjatlarni to‘ldirib topshirishdi. Uchrashuvda banknning quyidagi xodimlari ishtirok etishdi:
1. Hofizov Aziz — Ipak yo‘li AITB Mikrokreditlash boshqarmasi boshlig‘i
2. Kamilova Gulchehra — Ipak yo‘li AITB Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
3. Ablurashidov Rasul — Ipak yo‘li AITB Marketing bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
4. Odilov Jahongir — Ipak yo‘li AITB O‘rikzor filiali boshqaruvchisi
5. Mahamadaliyev Alisher — Ipak yo‘li AITB Mikrokreditlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.Uchrashuv qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va talabalarda ijobiy taasurot qoldirdi.
 
 

“Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan 2015-yil 29-noyabr kuni “Pensiya ishi” magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar o`rtasida bevosita muloqot tashkil etildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Toshkent shahar Boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari F.To`rayev va Pensiya jamg`armasi Sergeli tumani bo`limi boshlig`i G.Murodova, institut Marketing xizmati bo`limi boshlig`i K.Urazaliyev hamda bitiruvchi-talabalar ishtirok etishdi.
                                   

«Moliyaviy tahlil» kafedrasi kafedra haftaligi doirasida «Yoshlar bizning kelajagimiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Toshkent Moliya Instituti
 «Moliyaviy tahlil» kafedrasining haftaligi rejasi doirasida “Yoshlar bizning kelajagimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda respublikamizning xalq ardog‘idagi qator ijodkorlari, institut rektorati, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti vakillari, pedagog xodimlar va talabalar ishtirok etdi.
 Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farxod Abdullayevlar ishtiroki uchrashuv qatnashchilarida katta taassurot uyg‘otganligini alohida ta’kidlash mumkin.
   
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar teatr san’atining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni bilan bir qatorda teatr san’atining bugungi taqdiri va taraqqiyoti, istiqbolli yoshlarni teatrga va teatr san’atiga qiziqishlarini o‘stirish, ta’lim tarbiyada uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015- yil 2-dekabr kuni Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlab hamda “2015/2016 o‘quv yilida Toshkent moliya institutining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

2015-yil 30-noyabr kuni Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakultetida “Buxgalteriya hisobining dolzarb muommolari” mavzusida muammoli ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 Ma’ruzani “ODIL AUDIT” auditorlik tashkiloti rahbari i.f.d., professor Z.T.Mamatov o`qidi. Ma’ruzada, aktsiyadorlik jamiyatlarida 2016- yilning 1-yanvaridan boshlab 2018-yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan muddatda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini bosqichma-bosqich joriy qilish vazifalari va bu bilan bog‘liq yechimini kutayotgan uslubiy masalalar hamda moliyaviy hisobot tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan maqsadlar yoritib berildi.
 
Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
 

Toshkent moliya instituti «Statistika» kafedrasi tomonidan «Makroiqtisodiy barqarorlik masalalari» mavzusida muammoli ma’ruza oʻtkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 Ma’ruzani Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boʻlim boshligʻi, i.f.n., dotsent Abbos Nabixoʻjaev oʻqidi.
 Ma’ruzada “Statistika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, “Hisob va audit”, “Moliya iqtisod” fakulteti talabalari qatnashishdi.
  

“Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat pensiya ta’minotining o‘rni: ta’lim va amaliyot” mavzusida o‘quv-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015 yil 28 –noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302 sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat pensiya ta’minotining o‘rni: ta’lim va amaliyot” mavzusida o‘quv-amaliy anjuman o‘tkazildi.
 Anjumanda Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Xaydarov Nizomiddin Hamroyevich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Raxmatov Sattor Ne’matovich, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Sharapov Baxodir Hakimovich, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Davronov Shuhratjon Zuxurovich, Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimiyatining rahbar-xodimlari, fakultet dekani J.Karimqulov, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, pedagog-xodimlar va fakultet talabalari ishtirok etdilar.
 
 Anjumanda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar, respublikamiz davlat ijtimoiy siyosatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning amaliy jihatlari, bu borada aholini ijtimoiy muhofaza qilishdagi asosiy ustuvor vazifalar, shuningdek, keksalarni ijtimoiy himoyalashda davlat pensiya ta’minoti tizmidagi islohotlar va istiqboldagi rejalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Erasmus+aхborot kuni

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yil 26-27-noyabr kunlari Toshkent moliya institutida Erasmus+ aхborot kuni o‘tkazildi. Tadbir tashkilotchilari Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat Ijroiya Agentligi (EACEA), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi, Toshkent moliya instituti bo‘ldi. Shuningdek, tadbirda Yevropa Ittifoqining Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat Ijroiya Agentligining (Bryussel, Belgiya) dastur menejeri va loyihalarni tanlab olish bo‘limining rahbari Dorina Angelescu xonim ishtirok etdi. Tadbirda Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari, vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
  

“Konstitutsiya-baxtimiz qomusi”

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yil 28-noyabrda Toshkent moliya instituti 1-ma’ruzalar zalida “O`zbek va rus tillari” kafedrasi haftaligi doirasida “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.Tadbirda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi xodimi Abror Berdiyev, “O`zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, professor N.Husanov, kafedra professor-o`qituvchilari, Moliyaviy menejment va Kredit-iqtisod fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
                        

Toshkent moliya institutida 2015-2016 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015-2016 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, bitiruvchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasida suhbatlar tashkil etish va ularni kadrlar zahirasiga olish hamda bitiruv malakaviy amaliyotiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyati, kadrlarga qo‘yilgan talablar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan institut bitiruvchi kurs talabalari tanishtirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i A.Erdonaev, boshqarma boshlig‘i B.Irisov va o‘quv markazi direktori Sh.Masadikovlar o‘z nutqida Markaziy bankning faoliyati, tarkibiy tuzilishi va erishgan asosiy natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
 

“Young Bankers” bahs-munozara klubi

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yil 27-noyabr kuni Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetida “Young Bankers” nomli ingliz tilidagi bahs-munozara klubining “Just-in-Time Manufacturing and why does Japanese management style stand out” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda yaponyalik maxsus mehmon, Usuda Naoya, fakultet dekani N. Oblomurodov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar qatnashdi.

“Talaba-qizlarning diniy ekstremizm, giyohvandlik va turli ma’naviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy kurashchanligini ta’minlash – davr talabi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Toshkent Moliya Instituti
 Tadbirda Toshkent moliya instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, Moliya-iqtisod fakulteti dekani v.b. I.Qulliev, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, mayor A.X.Shukurov, MXX xodimlari, moliya iqtisod fakulteti dekani muovini I.Jumaniyozov, “Moliya” kafedrasi ayol professor-o‘qituvchilari, murabbiylari va fakultet talaba-qizllari qatnashdilar.

“Hamkorbank zamonaviy bank xizmatlari bozorida” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir

Toshkent Moliya Instituti
 Tadbirda Toshkent moliya instituti bilan Moliya-iqtisod fakulteti dekani v.b. I.Qulliyev, fakultet dekan muovinlari, institut professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari ishtirok etishdi. 
Tadbirni kirish so‘zi bilan Moliya-iqtisod fakulteti dekani v.b. I.Qulliyev ochib berib, chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining Respublika bank tizimidagi o‘rni, Toshkent moliya instituti bilan hamkorlik munosabatlari va yosh kadrlarni ish bilan ta’minlashdagi o‘rni xususida to‘xtab o‘tdi.

Toshkent moliya instituti magistratura bo‘limida “Auditorlik tekshiruvlari ish sifatini nazorat qilishning metodologik muammolari” mavzusida muammoli ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
  Ma’ruzani “Audit” kafedrasi professori i.f.n., Sh.N.Fayziyev o‘qidi. Ma’ruzada auditorlik tekshiruvlari jarayonida amalga oshiriladigan sifat nazorati elementlari, jumladan, rahbarlarning firma ish sifatiga javobgarligi, auditorlarga qo‘yilgan axloqiy talablar, tekshiruv buyurtmachisi bilan kelishuv va munosabatlarni qabul qilish hamda davom ettirish kabi masalalar atroflicha yoritildi. Ma’ruza so`ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
   

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra haftaligi doirasida 3-sonli talabalar turar joyida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 Toshkent moliya instituti Moliyaviy menejment fakulteti tasarrufidagi “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra haftaligi doirasida 3-sonli talabalar turar joyida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 Davra suhbatini professor N.Husanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunning dolzarb masalalari xususida to‘xtaldi. Jumladan, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm xususida batafsil ma’lumotlar berib, har bir yoshni ogoh bo‘lishga chorladi. Shuningdek, kafedra dotsenti D.Rasulmuhamedova, katta o‘qituvchilar R.Xo‘jaqulova, N.Dilmurodova hamda o‘qituvchi Sh.Mahkamovalar ham mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirishdi.
   
Talabalar davra suhbatida faol ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Davra suhbati qiziqarli va jonli o‘tdi.

Moliyaviy menejment fakultetida “Ota-onalar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yil 21-noyabr kuni Toshkent moliya institutining Moliyaviy menejment fakultetida “Ota-onalar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Farxod Muhamedov, akademik litsey va kasb-hunar kolejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Xo‘jayor Shennayev, Moliyaviy menejment fakulteti dekani Olim Astanakulov, dekan muovinlari, guruh murabbiylari va ota-onalari ishtirok etishdi.
  

“Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetida “Ota – onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 Tadbirda institut rahbariyati, fakultet dekanati, institut murabbiylar kengashi vakillari bilan birgalikda qator pedagog-kadrlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.
 Tadbirni institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori X.Shennaev kirish so‘zi bilan ochib, o‘z so‘zida mehmonlariga institut tarixi, bugungi kundagi erishayotgan yutuqlari hamda istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan vazifalari haqida ma’lumot berdi.
    

Sug‘urta fakulteti bo‘yicha Ota-onalar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 Shu yilning 20-noyabr kuni Sug‘urta fakultetida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, talaba-yoshlar tarbiyasi bo‘yicha ota-onalar bilan hamkorlikni yanada yaxshilash, ular bilan aloqaning izchilligini ta’minlash maqsadida “Ota-onalar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut ma’navi-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muhamedov, institut akademik litsey va kasb hunar kollejlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev, fakultet dekani U.Radjabov, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Azimbayeva, dekan muovinlari, fakultet tasarrufidagi kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, akademguruh ustoz-murabbiylari hamda fakultetda ta’lim olayotgan talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

“Chet tillari” kafedrasi 2015 - yil 20 - noyabrda 2 - sonli talabalar turar joyida kafedra haftaligi doirasida”Terrorizm va uning jamiyatga tugʻdirayotgan хavfi” nomli davra suhbati oʻtkazdi.

Toshkent Moliya Instituti
 Suhbatda “Sugʻurta”fakultetining manaviy va ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini М.Jalilov, Chet tillari” kafedrasi mudiri M.Nabiyeva va kafedra professor — oʻqituvchilari qatnashishdilar. Suhbat davomida talabalarga mavzu bilan bogʻliq videolavha namoyish qilindi. Suhbat ishtirokchilari terrorizm va uning xavfi haqida munozara yuritdilar va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.