avatar
Куч
174.10
Рейтинг
+80.84

Норбоев Уктам Тиловкобилович

Мақолалар

“Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yilning 20-noyabr kuni “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi tomonidan “Iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarning rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rolini oshirish – iqtisodiy o‘sish omili” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
 Konferensiyaning ochilish qismida O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Ijtimoiy tadqiqotlar institutidan taklif qilingan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
 
 Konferensiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida innovatsiyalarning tutgan o‘rni, sohaga innovatsiyalarni jalb qilishning dolzarb masalalari xususida so‘z yuritildi.
 Konferensiya so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berib o‘tildi. Konferensiya o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.
                                           

TMI qoshidagi 2-akademik litseyida I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” asari asosida davra suhbati o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
2015-yil 19-noyabr kuni Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamda “Falsafa va O‘DJQNA” kafedrasi hamkorligida institut qoshidagi 2-akademik litseyda I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” asari asosida davra suhbati uyushtirdi.
 Davra suhbatida Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev, “Falsafa va O‘DJQNA” kafedrasi mudiri M.Primov, 2-akademik litsey direktori v.v.b. R.Xodjayev va litseyning 110 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.
  
Davra suhbatida asar haqida keng qamrovli ma’lumot berildi. “Falsafa va O‘DJQNA” kafedrasi mudiri M.Primov o‘z ma’ruzasida proektor orqali ma’lumot berdi. Davra suhbati yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
                                                

Hisob va audit fakultetida “Ota-onalar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
2015-yil 18-noyabr kuni Toshkent moliya instituti Hisob va audit fakultetida “Ota-onalar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muhamedov, moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Kurbanbayev, Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimova, dekan muovinlari, institut professor-o‘qituvchilari va ota-onalari ishtirok etishdi.
 Tadbir kirish so`zini institut moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Kurbanbayev ochib berdi hamda institut tarxi haqida va hozirgi kunda institutda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ota-onalarni tanishtirib o`tdi.
           

«Menejment va marketing» kafedrasi tomonidan «O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari» mavzusiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
2015-yil 18-noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent moliya institutining ARM zalida Moliyaviy menejment fakulteti «Menejment va marketing» kafedrasi tomonidan «O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari» mavzusiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.
 
Tadbirda siyosiy fanlar doktori, professor N.Ochilov, T.T.Alimardonov taklif etildi va institut murabbiylar kengashi raisi, “Moliyaviy menejment” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Muxammadiyev institutning professor-o`qituvchilari va Moliyaviy menejment fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Kirish so`zini i.f.n., professor F.X.Nazarova ochib berdi. Tadbirda ma’ruzachi professor T.T. Alimardonov Yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-huquqiy asoslari, yoshlarga oid davlat siyosatining rivojlanish dinamikasi, yoshlarga oid davlat siyosatining istiqbol maqsadlari kabi dastur rejasi asosida qiziqarli misollar bilan tushuntirdi. So`zga N.Ochilov chiqib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, kelajakda maqsad sari intilish, komil inson bo`lishga chaqirdi.Tadbir so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga tadbir tashkilotchilaridan javoblar oldilar va ular bunday tadbirlar boshqa soha mutaxassislari ishtirokida ham tez-tez o`tkazib turilishini taklif qildilar.

“SOG’LOM AVLOD – KELAJAK POYDEVORI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
Ushbu tadbir “Pensiya ishi” kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda “Kafedra haftaliklari” rejasi doirasida tashkil etildi.  Tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, аkademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev, Yunusobod tumani Teri-tanosil kasalliklari dispanseri shifokori R.Abdusamatov, “Ibn Sino” Salomatlik maskani rahbari U.Aglayeva, Toshkent moliya instituti shifokori M.Mansurova, hamda “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri B.Mamatov va Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti pedagog-xodimlari ma’ruza qilishdi.
                                     

“Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo`nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun muammoli ma’ruza tashkil etildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
2015-yil 18-noyabr kuni Sug‘urta fakultetining Axborot resurslari markazi o‘quv zalida “Soliq akademiyasining soliq xizmati organlariga kadrlarni yetkazib berishdagi o‘rni” mavzusida muammoli ma’ruza bo`lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi prorektori i.f.n., dotsent B.K.To‘xliyev ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o‘z nutqida soliq xizmati organlariga malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda Soliq akademiyasining tutgan o‘rni hamda ahamiyati xususida atroflicha axborot berdi. Ma’ruza jonli, qiziqarli va bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi. Ma’ruzada qatnashganlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. 
  

Hisob va audit fakultеtida sportning futbol turi bo‘yicha “Dеkan kubogi” o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yilning 2-16-noyabr kunlari Toshkеnt moliya instituti Hisob va audit fakultеtida sportning futbol turi bo‘yicha “Dеkan kubogi” o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda fakultetning barcha guruhlari ishtirok etishdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra HBA – 75 guruh jamoasi faxrli I o‘rinni egalladi va tadbir so‘ngida I, II va III o‘rinni egallagan jamoalarni fakultet dekani Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
  

“Ona Yurtimiz Baxtu Iqboli Va Buyuk Kelajagi Yo‘Lida Xizmat Qilish — Eng Oliy Saodat” nomli kitob mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent Moliya Instituti
  
Shu yil 18-noyabr kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” nomli kitobi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Muhamedov Farxod Tursunbayevich, Sug‘urta fakulteti dekani Radjabov Umurzak Ablakulovich, Siyosiy sharhlovchi Karimbekov Qobilbek To‘xtabekovich, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Huquqiy targ‘ibot bo‘limi mudiri yuridik fanlar doktori, professor Matkarimova Gulnora Abdusamadovna, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy— amaliy markazi rahbari Mavrulov Abduxalil Abduxalilovich, ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sug‘urta fakulteti akademguruh murabbiylari hamda talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda mamlakatimizning istiqlol tarixini teran idrok etish, yurtdoshlarimizni ijtimoiy faollikka undash, yangi-yangi marralar sari ruhlantirishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” kitobini chuqur o‘qib-o‘rganish, uning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
  

Toshkent moliya institutining Kredit- iktisod fakultetida “Ota-onalar” kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
Tadbirda institutimiz ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Xaydarov, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F. Muxamedov, kredit-iqtisod fakultetining dekani N. Oblomurodov, marketing bo‘limi boshlig‘i K. Urazaliyev, dekan muovinlari, fakultetning professor-o‘qituvchilari, talabalar va ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbirni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor N. Xaydarov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida institutda talabalarning bilim olishi uchun qulay sharoitlar yaratilgani, chet tillarni va barcha fanlarni o‘rganish uchun zamonaviy qulayliklar mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.   Fakultet dekani N. Oblomurodov ham o‘z nutqida fakultet tarixi, ta’lim va o‘zlashtirish sifatini yaxshilash choralari, talabalar davomati, kafedralar faoliyati xususida so‘z yuritdi. Iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tildi. Masalan, chet tillarni o‘rganish klublari tashkil etildi (ingliz, xitoy, koreys), “Yosh bankir”, “Bank buxgalteri”, to‘garaklari hamda “English Language debate club” mulozara klubi tashkil etilgan. Fakultetning 3 ta guruhi ingliz tilida ta’lim beriladi.
 

Qibray moliya iqtisodiyot kollejida “Toshkent moliya instituti web sayti taqdimoti” o‘tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
 
Toshkent moliya institutining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash tomonidan 2015-yil 17-noyabr kuni soat 10.00 da Qibray moliya iqtisodiyot kollejida bo‘limi institut veb sayti taqdimoti o‘tkazildi.  Ushbu taqdimot Toshkent moliya instituti Kengashining 2015-yil 28-avgustdagi 1-son yig‘ilishi Qarori bilan tasdiqlangan ish rejasi hamda “2015/2016-o‘quv yilida Toshkent moliya institutining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ga asosan tashkil etildi. Taqdimotda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev kollejning 5 nafar pedagog va 50 nafar o‘quvchilariga institut va veb sayt haqida to‘liq ma’lumot berdi.

Moliya-iqtisod fakultetida “Ota–onalar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori v.b. O.Ortiqov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, Moliya-iqtisod fakulteti dekani v.b. I.Qulliev, institut Ustoz-murabbiylar kengashi raisi N.Ochilov, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Azimbaeva, fakultet dekan muovinlari, fakultet ota-onalar kengashi raisi Q.Usmonov, institut professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalarining ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni Toshkent Moliya instituti rektori v.b.O.Ortiqov kirish so‘zi bilan ochib, institutda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va institutning moddiy texnik bazasi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni isloh etishning zamonaviy muammolari

Toshkent Moliya Instituti
 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi «Hisob va audit uslubiyoti» Boshqarmasi bosh mutaxassisi Bexzod Mamatov, O‘zbek-Xitoy “АWP” Qo‘shma korxonasi bosh buxgalteri Anvar Ro‘zmamatov va amaliyotchi buxgalter Normo‘min Mavlonovlar ma’ruza qildilar.   

Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakultetida “XAS va AFMS asosida o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining metodologik asoslari” mavzusida muammoli ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
 
Ma’ruzani “Audit” kafedrasi professori, i.f.n., Sh.N.Fayziev o‘qidi. Ma’ruzada auditorlik tekshiruvlari jarayonida amalga oshiriladigan audit amallari, audit dasturini segmentlar bo‘yicha tuzish masalalari, ichki nazorat va buxgalteriya hisobini testlab tekshirishning ahamiyati kabi masalalar atroflicha yoritildi.
                   

Toshkentga tashrif buyurgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Seiichi Matsuo Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.

Toshkent Moliya Instituti
 2015-yil 13-noyabrda O‘zbekiston Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 2-Xalqaro konferensiyasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Seiichi Matsuo Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Mehmonni Toshkent moliya instituti rektori Ortiqov Oybek Abdullayevich kutib oldi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Botir Shukurillayevich Usmonov chiqish qilib, Yaponiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamkorligini yo‘lga qo‘yishning dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
 

“Odam savdosi va noqonuniy migratsiya” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
  
2015 yil 12 noyabr kuniByudjet hisobi” kafedrasi tomonidan “Kafedra haftaliklari” rejasiga asosan tashkil etildi.  Tadbir davomida odam savdosi, noqonuniy migratsiya kabi jamiyatga tahdid soluvchi xavflarning oldini olish, unga qarshi profilaktik chora-tadbirlar olib borish kabi masalalari yuzasidan IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari podpolkovnik Ulug‘bek Tuymaboyev va mayor Jamoliddin Yusupovlar ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, “Noqonuniy migratsiya” nomli qisqa metrajli hujjatli film namoyish etildi.

“Oʻzbekistonning eng yangi tarixi ijtimoiy fanlar rivojida” mavzusidagi ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
  
2015 yil 12 noyabr kuni Toshkent moliya institutida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor Qamariddin Usmonov tavalludining 80 yillik yubileyi munosabati bilan “OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI IJTIMOIY FANLAR RIVOJIDA” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi.

Toshkentga tashrif buyurgan Yaponiyaning Ritsumeykan (Ritsumeikan Asia Pacific University) universiteti prorektori Kenji Yokoyama (Kenji Yokoyama) Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi

Toshkent Moliya Instituti
   
2015 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Yaponiya Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 2-Xalqaro Konferentsiyasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgan Yaponiyaning Ritsumeykan (Ritsumeikan Asia Pacific University) universiteti prorektori Kenji Yokoyama (Kenji Yokoyama) Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.

“Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri”, “Bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash”

Toshkent Moliya Instituti
 
Toshkent moliya instituti talabalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan xuquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida joriy yilning 11-noyabrida Sug‘urta va Moliyaviy menejment fakulteti talabalari o‘rtasida, “Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri”, “Bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Тошкент молия институтида “Одам савдоси-ҳудуд, чегара, миллат танламайдиган мудҳиш жиноятдир” мавзусида маърифий учрашув ўтказилди

Toshkent Moliya Instituti
 
2015 йил 16 ноябрь Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Маънавий-аҳлоқий тарбия бошқармаси бошлиғи, М.Комилов, Республика маънавият тарғибот маркази раҳбари ўринбосари, Г.Маткаримова, Тошкент шаҳар ИИББ хорижга чиқиш, келиш ва фуқароларни расмийлаштириш бошқармаси катта инспектори М.И.Розиқов, Маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Ф.Мухамедов, “Маънавият ва маърифат” бўлими бошлиғи Ў.Нарбаев, “Ахборот гуруҳи” раҳбари А.Абдуллаев, Кредит-иқтисод факультети декани Н.Обломуродов, Ҳисоб ва аудит факультети декани К.Каримова, “Камолот” ЁИҲ ИБТ етакчиси К.Махмудов, факультет деканларининг маънавий-маърифий ишлар бўйича муовинлари, кафедра профессор-ўқитувчилари ҳамда институт талаба-ёшлари иштирок этишди.
 
  Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Маънавий-аҳлоқий тарбия бошқармаси бошлиғи, М.Комилов, Республика маънавият тарғибот маркази раҳбари ўринбосари, Г.Маткаримова, Тошкент шаҳар ИИББ хорижга чиқиш, келиш ва фуқароларни расмийлаштириш бошқармаси катта инспектори М.И.Розиқов, Маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Ф.Мухамедов, “Маънавият ва маърифат” бўлими бошлиғи Ў.Нарбаев, “Ахборот гуруҳи” раҳбари А.Абдуллаев, Кредит-иқтисод факультети декани Н.Обломуродов, Ҳисоб ва аудит факультети декани К.Каримова, “Камолот” ЁИҲ ИБТ етакчиси К.Махмудов, факультет деканларининг маънавий-маърифий ишлар бўйича муовинлари, кафедра профессор-ўқитувчилари ҳамда институт талаба-ёшлари иштирок этишди.
 
Тадбирни институт Маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Ф.Мухамедов ўзининг кириш сўзи билан очди ва маъруза қилиш учун сўз навбатини М.Комиловга берди. М.Комилов ўз сўзида, инсоннинг нечоғлик қадри баланд ва улуғ мавжудот эканлиги, у табиат бойликларидан лаззатланиши, соғ-саломат, кучли ва ақлли бўлиши учун, ўзини-ўзи асраб авайлаши, ҳимоя қилиши ҳамда шахсий ҳуқуқ ва эркинликларини муҳофаза қилиши лозимлигини алоҳида таъкидлаб ўтди. Мамлакатимизда демократик ҳуқуқий давлат ва адолатли фуқаролик жамияти барпо этиш шароитида хавфсизлигимизга ҳамда ижтимоий-маънавий барқарорлигимизга раҳна солувчи иллатлардан бири бўлган одам савдоси – бугунги куннинг долзарб муаммоларидан бирига айланди. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 24-моддасида, «Яшаш ҳуқуқи ҳар бир инсоннинг узвий ҳуқуқидир. Инсон ҳаётига суиқасд қилиш энг оғир жиноятдир», — деб эътироф этилган. Бугунги кунда одам савдоси билан боғлиқ жиноятлар жаҳон ҳамжамиятида жиддий ташвиш ва хавотирларни келтирмоқда. Энг ачинарлиси, бу жиноятни содир этувчиларнинг ҳам, бундан жабр кўрувчиларнинг ҳам муддаолари муштарак. Яъни, енгил йўл билан даромад топиш истагида жиноят содир этиш – икки тоифадаги одамларни ҳам ҳалокат домига тортмоқда. Вена шаҳрида (Австрия) ўтказилган Одам савдосига қарши курашиш мавзусидаги халқаро конференцияда келтирилган маълумотларга қараганда, ҳар йили 2,7 млн. нафарга яқин шахс бу жиноятнинг қурбонига айланмоқда ва уларнинг 80 фоизини аёллар ва болалар ташкил қилмоқда. Афсуски, ноқонуний меҳнат миграцияси муаммолари мамлакатимизни ҳам четлаб ўтгани йўқ. Айрим шахслар ишлаш учун норасмий равишда бошқа мамлакатларга йўл олмоқдалар. Бу эса одам савдоси билан шуғулланиб бойлик орттириш умидида юрган кимсаларга қўл келмоқда. Шу боис республикамизда бу иллатга қарши курашиш масалаларига давлат миқёсида катта эътибор қаратилган бўлиб, бугунги тадбирнинг асосий мақсади ҳам шунга қаратилганлигини таъкидлаб ўтди.
 
 Г.Маткаримова сўзга чиқиб, бугунги кунга келиб xалқаро тeрроризм, наркотраффик ва одам савдоси сингари трансмиллий жиноятларнинг инсон хавфсизлигига хуруж қилаётгани боис, улардан жабр чекаётганлар, афсуски, кўпчиликни ташкил этаётганлиги, ҳудуд ва чeгара  билмайдиган бу жиноятларнинг ҳар бири жамият тараққиёти ва давлатлар ривожига жиддий xавф туғдираётганлигини айтиб ўтди. Улар орасида айниқса, одам савдосидек оғир жиноят инсон ҳаёти, эркинлиги ва ҳуқуқларини  поймол қилиб, унинг эрки, тақдири ва келажагини оёқ ости қилиши билан нақадар жирканч кўринишга эга эканлигини алоҳида таъкидлаб ўтди. Кейинги йилларда одам савдоси туфайли юзага келаётган глобал хавф қанчалик ортиб бораётган бўлса, дунёнинг қатор мамлакатларида бу жиноятга қарши курашишга қаратилган чора-тадбирлар кўлами ҳам шунчалик кенгаймоқда. Орадан йиллар ўтган сари одам савдосига қарши кураш дунёнинг барча мамлакатларида амалда бўлмасин, бу муаммо бизни ҳозирги кунда ҳам қаттиқ ташвишга солмоқда.  М.И.Розиқов сўзга чиқиб, айни пайтда, трансмиллий уюшган жиноятчиликнинг узвий таркибий қисми бўлган бу жиноят тури дунё миқёсида кенг тарқалганлиги, БМТнинг Трансмиллий уюшган жиноятчиликка қарши кураш бўйича Конвенциясини тўлдирувчи, 2000 йилнинг 15 декабрида қабул қилинган «Одамлар, айниқса аёллар ва болалар савдосини тўхтатиш, олдини олиш ва унинг учун жазо тўғрисида»ги баённомада одам савдосининг олдини олиш ва унга қарши курашишнинг самарали чораларини кўриш учун бундай савдонинг олдини олишга, бу фаолият билан шуғулланувчи шахсларни жазолашга ва унинг қурбонларини, шу жумладан, уларнинг халқаро эътирофэтилган ҳуқуқларини ҳимоя қилишга қаратилган чораларни ўз ичига олган кенг қамровли халқаро ёндашув зарурлиги мустаҳкамлаб қўйилган. Одам савдосига қарши курашиш фаолиятини такомиллаштириш мақсадида 2008 йил 17 апрелда «Одам савдосига қарши курашиш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни қабул қилинди. Ушбу қонунда «одам савдоси» ва «одамлардан фойдаланиш» тушунчалари белгиланиб, одам савдосига қарши курашиш тизимини ташкил этиш тартиби, ваколатли органлар ва уларнинг вазифалари, шунингдек, одам савдоси қурбонларининг ҳимояси ва ижтимоий-ҳуқуқий реабилитацияси масалалари ёритилган деб ўз маърузасига якун ясади. Тадбирда “Алданганлар” хужжатли фильми намойиш этилди. Тадбир якунида талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоблар олишди. Учрашув мустақил фикрлайдиган, миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат билан қарайдиган, қатъий ҳаётий эътиқод ва қарашларга эга бўлган, миллий менталитетимизга ёт зарарли таъсирларга қарши туришга қодир ёшларни тарбиялашга қаратилди. Тадбир “Ўзбекистон”, “Ёшлар” ва “Тошкент” телерадиоканалларининг “Ахборот”, “Давр” ва “Пойтахт” информацион дастурлари тележурналистлари томонидан тасвирга олинди.

Toshkent moliya institutida O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq q`omitasi faoliyati va unga ishga kirish tartiblari to`g`risida taqdimot tadbiri o`tkazildi

Toshkent Moliya Instituti
         
Sug`urta fakulteti, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi hamda institut Marketing xizmati bo`limi hamkorligida 2015-yil 14-noyabr kuni Toshkent moliya institutida qo`mita mas’ul xodimlari va bitiruvchi-talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi mas’ul xodimi F.Saydaliyev tashrif buyurdi.
  Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi faoliyati bilan institut bitiruvchi-talabalari tanishtirildi hamda qo`mitaning kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarni qoplash masalalari ko`rib chiqildi.

 
Uchrashuvni Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri A.Jo`rayev olib bordi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq q`’mitasi mas’ul xodimi F.Saydaliyev o`z nutqida qo`mitaning tashkil etilishi, bugungi kundagi faoliyati, erishgan asosiy natijalari to`g`risida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, qo`mitaga ishga kirish tartiblari, ishga kirayotgan talabgorga qo`yilgan asosiy talablar, ishga kirishda topshiriladigan hujjatlar, ularni topshirish muddati, ishga qabul qilish jarayoni bosqichlari, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar to`g`risida batafsil ma’lumot berdi.
 Tadbirda institut Marketing xizmati bo`limi boshlig`i K.Urazaliyev, Sug`urta fakulteti dekani muovini B.Alimov hamda kafedra professor-o`qituvchilari ishtirok etishdi.
 Tashkil etilgan mazkur tadbir bahs-munozarali hamda savol-javob tarzida o`tkazildi.